«BADIIY LOYIHALASH» MCHJ

Badiiy ekspertizaga tayyorgarlik

Ekspertizaga hujjatlarni tayyorlash tartibi

O'zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ekspertlar kengashi bilan hamkorlikda ekspertizagacha va ekspertizadan keyingi hujjatlar to'plamini tayyorlaymiz. Xizmat tartibi va narxi «BADIIY LOYIHALASH» MChJ bilan tuziladigan shartnoma asosida belgilanadi. Sayt orqali buyurtmani to'ldirishdan avval shartnoma tuzish vaqtida login, parol va PIN-kod olish zarur.

  1. Shartnoma tuzish uchun namunaviy shartnomani yuklab oling va to'ldiring. Shartnomani, kafolat xatini Didox.uz orqali elektron yuboring («BADIIY LOYIHALASH» MChJ, STIR 312864414), shaxsan olib keling yoki manzilga yuboring: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy MFY, Lutfiy ko'chasi, 10a-uy
  2. Shartnoma imzolanib, avans to'langandan so'ng ikki ish kuni davomida kabinetga kirish uchun login va parol hamda buyurtma berish uchun PIN-1 kod taqdim etiladi. Kafolat xati asosida hujjatlar bilan tanishish uchun shartli login beriladi.

Zarur hujjatlar va ularni rasmiylashtirish

Badiiy ekspertlar kengashiga taqdim etiladigan ekspertizagacha hujjatlar to'plami:

  • Smeta (kalkulyatsiya) — ish turlari va ratsenka bandlari bo'yicha
  • Albom — eskiz, loyiha chizmalari, fotomateriallar va o'lchamlar
  • Ish turlari perecheni va hajmlar vedomosti
  • Ekspertlar kengashi bayonnomasi (protokol) loyihasi

To'liq ro'yxat

O'tish

Ekspertizadan keyingi hujjatlar

Kengash xulosasi olingandan so'ng buyurtmachi va ijrochi o'rtasida rasmiylashtiriladigan hujjatlar:

  • Pudrat shartnomasi va unga qo'shimcha kelishuvlar
  • Bajarilgan ishlar dalolatnomasi (F-2, F-3 shakllari)
  • Hisob-faktura va Didox orqali elektron rasmiylashtirish
  • Topshirish-qabul qilish dalolatnomasi va ijro hujjatlari

Xatolarni oldini olish

O'tish

«BADIIY LOYIHALASH» markazi haqida

«BADIIY LOYIHALASH» markazi O'zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ekspertlar kengashi bilan hamkorlikda tasviriy va amaliy san'at asarlari bo'yicha ekspertizagacha va ekspertizadan keyingi hujjatlarni tayyorlaydi. Markaz rassomlar, haykaltaroshlar, ustalar, dizaynerlar, pudratchi tashkilotlar hamda davlat va xususiy buyurtmachilarga quyidagi yo'nalishlarda xizmat ko'rsatadi:

Badiiy ekspertizaga tayyorgarlik
Zarur hujjatlar va ularni rasmiylashtirish
Ekspertizadan keyingi hujjatlar
Ko'p uchraydigan xato va kamchiliklar
Professional maslahat va tavsiyalar
Tasviriy va amaliy san'at sohasidagi yangiliklar

Bizning mijozlarimiz

«BADIIY LOYIHALASH» markaziga buyurtma berib, badiiy ekspertiza uchun hujjat tayyorlatgan tashkilotlar va ularning obyektlari:

Ko'p uchraydigan xato va kamchiliklar

  1. O'lchamlar mos kelmaydiSmetadagi o'lcham va hajmlar albomdagi chizmalar bilan bir xil emas.
  2. Ratsenka bandi noto'g'ri tanlanganIsh turi Badiiy akademiya stavkalaridagi boshqa bandga kiritilgan.
  3. Fotomateriallar yetarli emasRasmlar kesilgan, sifatsiz yoki obyektni to'liq ko'rsatmaydi.
  4. Material ko'rsatilmaganBronza, poliester, yog'och yoki ganch turi va sifati yozilmagan.
  5. Perechen va vedomost farq qiladiIsh turlari ro'yxati hajmlar vedomostidagi bandlarga mos emas.
  6. Rekvizitlarda xatoBuyurtmachi yoki ijrochining STIR, manzil va bank ma'lumotlari noto'g'ri.

Ekspertizadan o'tadigan ishlar


1
Monumental va monumental-dekorativ san'at asarlari:
Haykallar, byustlar va monumentlar — bronza, poliester, tosh va kompozit materiallarda
Bareleflar, relyeflar va stellalar — bino fasadlari, majmualar va yodgorlik maydonlari uchun
Devoriy rangtasvir (mural), mozaika va panno;
2
Amaliy va bezak san'ati, interyer va ekspozitsiya ishlari:
Yog'och o'ymakorligi: eshiklar, ayvonlar, ustunlar va shiftlar
Ganch o'ymakorligi va naqqoshlik ishlari
Muzey ekspozitsiyalari va ko'rgazma zallari bezagi
Dastgohli haykaltaroshlik va statuetkalar
Fasad va interyer bezaklari, kirish darvozalari
Stellalar, belgi va memorial kompozitsiyalar